Bugun, 3 iyul kuni Toşkent şahridagi Döstlik parkida (sobiq Bobur nomidagi park) joylaşgan Seul boğida "Koreys diasporasining Özbekistonga köçib ötişining 80 yilligi munosabati bilan koreys xalqi nomidan özbek xalqining bağrikengligi va mehribonligi uçun çuqur minnatdorçilik ramzi" bölgan memorial yodgorligi oçildi. Bu haqida "Gazeta.uz"da xabar berildi.
Oçiliş marosimida Seul meri Pak Von Sun iştirok etdi. Ta'kidlaş joizki, bu Janubiy Koreya poytaxti ma'muriyati rahbarining Özbekistonga birinçi taşrifidir.
1937 yilda Özbekiston va Qozoğiston hududiga deportatsiya qilingan koreyslarning umumiy soni 172 ming kişini taşkil qilgan.
Koreya madaniy markazi ma'lumotlariga köra, bugungi kunda Özbekistonda koreys diasporasining 182 ming vakili istiqomat qiladi.
"Bizning minnatdorçiligimizni bildiruvçi yodgorlikni quriş ğoyasi Özbekistondagi koreys diasporasi yetakçilaridan çiqdi. Xususan, Özbekistondagi Koreya madaniyat markazi boşqaruvçisi, Oliy majlis deputati Viktor Pak şunday taşabbus bilan çiqqan", - deydi tanlovdan ğolib bölgan yodgorlik muallifi Artur Kvon. Yodgorlikni örnatiş uçun mablağ Özbekistondagi koreys diasporasi tomonidan töplangan. Şu bilan birga koreys işbilarmonlari va oddiy fuqarolari ham öz hissalarini qöşişgan.
Tadbirda şuningdek Toşkent şahri hokimi Rahmonbek Usmonov va Koreya Respublikasi elçisi Kvon Yon U hamda respublika madaniy markazlar vakillari qatnaşişdi.

















