Yunusobod tuman hokimi Rahmonbek Usmonov tuman aholisiga murojaat qilib, koronavirus tarqalişining oldini olişda birlaşişga çaqirdi.
https://ok.ru/videoembed/1586518756031
«10 iyuldan boşlab karantin çoralari yana kuçaytirildi. Çunki kim bölişidan qat'i nazar – bozordagi sotuvçimi, oluvçimi, uydan çiqqandan keyin karantin çoralarini bajariş majburiyligi töğrisida unutib qöydi. Şundan keyin yana karantin qilişga majbur böldik.
Joylardagi kasallik holatlari böyiça «kasallik köpayib ketdi», «vaziyat nazoratdan çiqib ketdi» degan gaplar yuribdi. Heç qanaqasiga. Hammasi nazoratda.
5 iyuldan boşlab kasallikni simptomsiz keçirayotgan bemorlarga uyda davolanişga ruxsat berildi. Har bir bemor – uyda davolanayotgani ham, şifoxonada davolanayotgani ham tuman hokimiyati, tuman sektorlari orqali kunlik nazoratga qöyilgan. Ularni davolaş uçun kerakli dori-darmonlar ham, joylar ham yetarli.
Sizlardan iltimos, har bir odam özining soğligi uçun, oila a'zolari uçun karantin normalarini bajarsa, niqoblarni vaqtida taqib yursa, 1 avgustdan yana hammasi joyiga tuşadi. Hammamiz birlaşib şu işlarni amalga oşirişni sörardim», dedi tuman hokimi.
U tuman davlat idoralari xizmatçilarining öz vazifasini bajarmaslik holatlari kuzatilsa, şaxsan öziga murojaat qiliş mumkinligini ta'kidlagan.
«Hokimiyat, tuman davlat idoralari xizmatçilari öz xizmat vazifasini töliq bajarmayotgan bölsa, aholi vakillari menga töğridan töğri çiqişlari mumkin. Şaxsiy telefon raqamim – +99898-311-44-84», dedi u.
Yunusobod tumani aholisi koronavirus bilan boğliq savollar va tibbiy maslahat böyiça murojaat qilişi mumkin bölgan raqamlar:
Yunusobod tuman tibbiyot boşqarmasi axborot maslahat markazi: 71-234-03-03
Tumandagi sektorlar böyiça:
1-sektor: 71-237-66-41
2-sektor: 71-202-07-69
3-sektor: 71-231-21-55
4-sektor: 71-235-88-59
















