Jahon | 15:20 / 04.07.2017
11663
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina Donbassdagi ziddiyat tufayli ko‘rgan talofatlari ma'lum qilindi
Ukraina Mudofaa vazirligi 2014 yilda Donbass hududida boshlangan qurolli mojarolar talafotlarini hisoblab chiqdi. Ma'lum qilinishicha, o‘tgan vaqt mobaynida 2,7 ming nafar ukrainalik askar qurolli to‘qnashuvlar qurboniga aylangan.
Vazir o‘rinbosari Ivan Rusnakning ma'lum qilishicha, Ukrainaning Donbassdagi vaziyat tufayli yo‘qotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy talofatlari miqdori 50 milliard dollarni tashkil etadi.
«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning yo‘qotishlari 50 milliard dollar», — degan Rusnak.
U 2014 yil boshidan buyon jang maydonlarida 2,7 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lib, o‘n mingdan ortiq kishi jarohatlangani haqida ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
19:39 / 08.11.2024
Ukrainada rossiyalik yana bir general halok bo‘ldi
21:23 / 31.10.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va Ukraina Kuraxovo uchun kuzning hal qiluvchi jangini boshladi
17:00 / 17.09.2024
Frontdagi vaziyat: Ukrainaning Donetsk yaqinidagi guruhiga qurshov tahdid solmoqda
15:25 / 13.09.2024