Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni 70 yoşga tölgan Mirabror Usmonovni «Döstlik» ordeni bilan taqdirladi.
Mirabror Usmonov — taniqli davlat va sport arbobi. 1990—1992 yillarda Özbekiston savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «Özbeksavdo» kompaniyasi raisi, 1994—2005 yillarda boş vazir örinbosari.
U 2006 yildan Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat körsatib kelmoqda, 2013—2016 yillarda bir vaqtning özida Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga ham rahbar bölgan.
Prezident farmonida Mirabror Usmonov davlat boşqaruvi organlari va jamoat taşkilotlaridagi köp yillik samarali va fidokorona mehnati, Özbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltiriş, yoş avlodni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalaş işiga qöşgan ulkan hissasi uçun yuksak unvon bilan taqdirlanişi qayd etilgan.
Milliy olimpiya qömitasi saytida e'lon qilingan tabriknomada Mirabror Usmonov rahbarligida Özbekiston olimpiya delegatsiyasi eng yaxşi natijaga erişgani alohida ta'kidlangan. 2016 yili Braziliyaning Rio-de Janeyro şahrida bölib ötgan yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston vakillari jami 13 medal qölga kiritib, 21-örinni egalladi.

















