«Guançjou Evergrand» yarim himoyaçisi Paulino «Barselona»ga ötmaydi. Katalonlar jamoasi uşbu braziliyalik futbolçi 20 mln yevro tölaşga tayyor edi, ammo «Guançjou Evergrand» rahbariyati maxsus bayonot berib, uşbu futbolçisi sotilmasligini ma'lum qilgan.

«Paulino 2017 yil yanvarida şartnomani uzaytirgan. U bizning uzoq muddatga möljallangan loyihamiz uçun muhim futbolçi. Şuning uçun maxsus bayonot berib, «Barselona»ga Paulino böyiça javobimizni bermoqçi böldik. «Barselona»ga qiziqiş uçun minnatdorçilik bildiramiz», — deyilgan Goal tomonidan keltirilgan bayonotda.

28 yoşli xavbek bilan xitoyliklar şartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.