Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining qarori bilan «Özagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Yangi bankning ustav kapitali 10 mln yevro ekvivalentida şakllantirildi. Banking asosiy aksiyadorlari – Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (75%), «Özbekinvest» eksport-import milliy suğurta kompaniyasi (10%), «Özagrosuğurta» AJ (5%), «Kafolat SK» AJ (5%) va «Özbekinvestxolding» XK (5%) dir.

«Özagroeksportbank» ATB özining ustuvor yönalişini mamlakatimizning agrosanoat sohasini, birinçi navbatda meva-sabzavot mahsulotlari yetiştirişni rivojlantiriş, uning zarur infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş va eksport salohiyatini oşiriş, mijozlarga agrosanoat, birinçi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy banklar, moliyaviy institutlar, diplomatik va savdo vakolatxonlari bilan hamkorlikda xalqaro bozorlarga olib çiqiş borasida strategik dasturlar işlab çiqişga qaratadi.