Özbekiston Respublikasi sudyalari mamlakat xalqiga murojaat qilişdi. Murojaat matni ÖzA saytida keltirilgan.
Mamlakatimizda ötgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oşiriş, uni ötmişdagi jazolovçi organdan inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiluvçi mustaqil institutga aylantiriş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirildi.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning bevosita taşabbusi bilan sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va körilgan amaliy tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötardi, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişdagi roli va ahamiyatini tubdan oşirdi.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida sud hokimiyatining tom ma'noda mustaqilligini ta'minlaş, sud tizimini demokratlaştiriş va takomillaştiriş, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş uşbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yönalişlari etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sud iş yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi taşkil etildi, sudlar tomonidan jinoyat işlarini qöşimça tergovga qaytarişdek odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo töğri kelmaydigan amaliyotga çek qöyildi.
Sudyalikka nomzodlarni tanlaş va lavozimga tayinlaş tartibi tubdan takomillaştirilib, sudyalar hamjamiyatining yangi organi – Sudyalar oliy kengaşi ta'sis etildi.
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va ştat birligi qayta körib çiqilib, sudyalarning xizmat vazifalarini oqilona taqsimlaş imkonini beradigan darajada, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda takomillaştirildi va maqbullaştirildi.
Bu islohotlarning samarali amalga oşirilişi sud tizimida faoliyat körsatayotgan barça rahbar va mas'ul xodimlarning öz xizmat burçini sadoqat bilan, adolatli va mas'uliyatli bajarişiga çambarças boğliqdir.
Joriy yilning 13 iyun kuni Toşkent şahrida bölib ötgan tarixiy uçraşuvda muhtaram Yurtboşimiz tomonidan aniq körsatib ötilgan sud tizimidagi jiddiy muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda oldimizga qöyilgan vazifalarni töğri hal etiş uçun har birimiz işga bölgan munosabatimizni tubdan qayta körib çiqişimiz, şaxsiy mas'uliyatimizni keskin oşirişimiz zarur.
Mavzuga oid
Şu munosabat bilan, Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali ta'minlaşda sud-huquq sohasidagi islohotlarning öta muhim ahamiyatini va dolzarbligini töliq anglagan holda, biz – Özbekiston Respublikasi sudyalari:
Birinçidan,
kundalik faoliyatimizda xalq bilan bevosita yuzma-yuz, oçiq muloqot şakllarini kengaytiramiz, fuqarolarning muammolarini hal etişda yaqindan yordam beriş orqali ularning buzilgan huquqlarini tiklaymiz va haqiqatni qaror toptiramiz.
Ikkinçidan,
faoliyatimizni yana bir bor qaytadan tanqidiy tahlil qilib, fuqarolarning huquq va erkinliklari işonçli himoyasini ta'minlaymiz, odil sudlovni amalga oşirişdagi ğov-tösiqlarni tag-tomiri bilan bartaraf etamiz, sudni tom ma'noda
“Adolat qörğoni”
ga aylantirişda bor bilim va tajribamizni safarbar etamiz. Sudga borgan har bir fuqaro faqat adolat topişiga kafolat beramiz.
Uçinçidan
, sudda işlarni sudyalik burçimiz va vijdonimiz buyurganidek beğaraz, xolis va adolatli holda köramiz, eng asosiysi, qabul qilgan har bir qarorimiz qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bölişi uçun barça mas'uliyatni öz zimmamizga olamiz.
Har bir insonning taqdirini hal etişda
ongimizda – adolat, tilimizda – haqiqat, dilimizda esa poklik
ustuvor böladi.
Törtinçidan
, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barça islohotlarni amalga oşirişga barçamiz jiddiy mas'uliyat va taşabbuskorlik bilan yondaşamiz, eng asosiysi, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissini kuçaytiramiz.
Beşinçidan
, har qanday holatda odil sudlovni ta'minlaş va adolatni qaror toptirişga qodir, mustahkam irodali, halol, yuksak ma'naviy va kasbiy fazilatlarga ega sudyalar tarkibini şakllantiramiz. Bunga barçamiz birdek mas'ulmiz.
Oltinçidan
, sudyalik – bu maşaqqatli, şu bilan birga, şarafli kasb va yuksak maqom ekanligini çuqur anglagan holda, sudyalik şa'niga doğ tuşiradigan har bir ğayriqonuniy xatti-harakatga
“favqulodda holat”
sifatida qaraymiz, adolatga xiyonat qilgan xodimlarga nisbatan murosasiz kuraşamiz va saflarimiz sofligini ta'minlaymiz.
Yettinçidan
, sudyalar kasbiy tayyorgarligini oşiriş, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş orqali iş yuritiş tartibini soddalaştiramiz va fuqarolar ovoragarçiligining oldini oliş borasida keçiktirib bölmaydigan çoralarni köramiz.
Sakkizinçidan
, sud amaliyotini doimiy tahlil qilib boriş asosida tizimli qonun buzilişlarni aniqlaymiz hamda uşbu sohadagi kamçiliklarni qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş yöli bilan bartaraf etişga qaratilgan keng qamrovli çora-tadbirlarni amalga oşiramiz.
Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va şaxsiy javobgarlik kundalik qoidamiz, faoliyatimizning asosiy mezoni böladi.
Zimmamizga yuklatilgan mas'uliyatli vazifalarni sidqidildan, halol va vijdonan bajarişga, odil sudlovni faqat qonunga böysungan holda amalga oşirişga, xalqimiz va Prezidentimiz oldida bergan qasamyodimizga hamişa sodiq qolişga va'da beramiz!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi