Tojikiston hukumatining şahardan taşqaridagi "Pugus" qarorgohida Tojikiston, Afğoniston va Pokiston prezidentlarining uç tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. Unda prezidentlar Emomali Rahmon, Muhammad Aşraf Ğani va Muhammad Navoz Şarif iştirok etdi.
Uçraşuvda CASA-1000 loyihasini amalga oşiriş jarayonini tezlaştirişga doir masalalar muhokama qilindi. Tojikiston Respublikasi (TR) davlat rahbarining matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Şuningdek tomonlar temir va avtomobil yöllari qurilişi, havo va telekommunikatsiya aloqalari rivoji va uç tomonlama savdo-tranzit kelişuvini imzolaş böyiça fikr almaşişdi.
Hamkorlikda körgazmalar, savdo-iqtisodiy, qişloq xöjaligi va investitsion uçraşuvlar ötkaziş imkoniyatlari körib çiqildi.
Emomali Rahmon joriy yilning oktabrida Duşanbeda tojik qadimiy bayrami bölgan "Mehrgon"da Tojikiston, Afğoniston va Pokiston qişloq xöjalik mahsulotlari va xalq hunarmandçilik namunalari körgazmasini taşkillaşitirişni taklif qildi.
Tomonlar şuningdek Afğonistondagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlaştiriş, terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilik va narkotrafikka qarşi birgalikda kuraşiş imkoniyatlarini muhokama qilişdi.

















