Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamburgda 300ga yaqin namoyishchi qo‘lga olindi
Foto: Reuters
Hamburgda G20 sammiti arafasida boshlangan antiglobalistlar namoyishlari davomida qo‘lga olinganlar soni 288 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 144 nafari hibs qilingan. Bu haqda Die Welt nashri Hamburg politsiyasi vakiliga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Bundan avvalgi xabarlarda qo‘lga olinganlar soni 100 nafar ekani aytilgandi.
To‘qnashuvlar vaqtida 196 politsiyachi jarohatlangan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, aksiyalarda 8 ming kishi qatnashgan. O‘tgan tunda tartibbuzarlarga qarshi keskin choralar ko‘rilishi boshlangandi. Politsiyachilar turli vositalar bilan ko‘chalarga chiqqanlarni tarqata boshlagan.
Germaniya ichki ishlar vaziri Zigmar Gabriel Hamburgdagi namoyishlar mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘siga putur yetkazadi, deb hisoblaydi. Janob Gabrielning hisoblashicha, zo‘ravonliklar jazosiz qolmasligi kerak. U radikal harakatlarni tekshirish bo‘yicha umumevropa guruhi tuzishga chaqirgan.
Mavzuga oid
11:52 / 18.02.2026
Eronda yana hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
16:27 / 02.02.2026
Eronda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan film ijodkorlaridan biri hibsga olindi
11:01 / 02.02.2026