«Çelsi» jamoasi boş murabbiyi Antonio Konte «Everton» hujumçisi Romelu Lukaku «Mançester Yunayted»ga ötiş variantini tanlaganidan xafa böldi.
«Çelsi» ham uşbu futbolçi uçun mançesterliklar kabi 75 million funt taklif etgandi, ammo Lukaku va uning agenti Mino Rayola «MYu» variantini tanladi.
The Times xabariga köra, yoz boşidan buyon Konte uşbu belgiyalik hujumçi bilan bir neça marta muloqot qilgan. Murabbiy futbolçi «Çelsi»ga qaytişiga işonayotgandi. Endilikda Lukakuning «MYu»ga ötişini Konte xoinlik sifatida baholamoqda.
Yozdagi ilk transfer maqsadi amalga oşmagaç, Konte e'tiborini – Alvaro Morata va Fernando Lorentega qaratmoqda.
Kontening özi hali klub taklif etayotgan 4 yillik şartnomaga imzo çekmayapti. Bundan avvalroq u jamoa rahbariyatidan transferlardagi sustkaşlik uçun norozi bölayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

















