Liviyaning Tobruk şahri yaqinidagi sahroda, Misr bilan çegarani noqonuniy kesib ötgan 40dan ortiq muhojirlarning jasadlari topildi. Bu haqda Qizil yarimoy jamiyati ma'lumotiga asoslangan holda «Al-Masri al-Yaum» gazetasi xabar yozgan.

Gazeta suhbatdoşining sözlariga köra, harbiylar sahroda 28 jasadni aniqlagan, beduinlar esa yana 18 jasad topgan. Ayni vaqtda 7 kişining şaxsi aniqlangan, ular Misr fuqarolaridir.

Hodisa yuzasidan tekşiruvlar ötkazilmoqda.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga köra, muhojirlar 4 kun oldin suvsizlik va oçlikdan halok bölgan.