"Mançester Yunayted" Romelu Lukaku transferi borasida "Everton" bilan kelişuvga erişdi. Ma'lumotlarga köra, futbolçining transfer narxi 75 mln funtni taşkil etadi. Bundan taşqari, şartnomada turli xil natijalar uçun qöşimça 15 mln funt ham qayd etilgan. Bu xarid Angliya jamoalari örtasida amalga oşirilgan eng qimmat transfer böldi.
Keling, eng qimmat çempionat jamoalari örtasida amalga oşirilgan eng qimmat 10ta transferlarni yodga olamiz.
10. Dimitar Berbatov, £ 32 mln

2008 yilda yozgi transferlar oynasi yopilişidan oldian “Mançester Yunayted” “Tottenhem” bilan bolgariyalik hujumçining 32 mln funtga sotib oliş borasida kelişuvga erişdi. Berbatov “MYu” safida 149ta öyinda maydonga tuşib, 56ta gol urişga muvaffaq böldi.
9. Endi Kerroll, £ 34 mln

“Liverpul” 2011 yilda “Nyukasl”dan 22 yoşli hujumçini katta umidlar bilan 34 mln funtga xarid qilgan. Biroq futbolçi yangi jamoada işonçni oqlay olmadi. Hujumçi 58ta öyinda atigi 11 marotaba öz nomini tabloga yozdirib qöya olgan.
8. Sadio Mane, £ 35 mln

Ötgan mavsumda “Liverpul” 35 mln funtga “Sauthempton” forvardi Sadio Maneni xarid qildi. Oradan bir mavsum ötgaç, klub uşbu xaridni amalga oşirganidan afsuslanmasa kerak. Çunki futbolçi ötgan mavsumda qizillarning eng yaxşi futbolçisi deb tan olindi. U 27ta öyinda 13ta gol va 6ta golli uzatma muallifiga aylandi.
7. Xuan Mata, £ 38 mln

Mata 2014 yilda 38 mln funt evaziga “Çelsi” tarkibidan “MYu”ga ötadi. Bugunga qadar futbolçi “MYu” tarkibida 146ta öyinda maydonga tuşib, 36ta gol va 26ta golli uzatmaga qayd etişga ulgurgan.






















