Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bir guruh o‘quvchilar xalqaro olimpiada sovrindorlari bo‘lishdi, Ubay Yahyoyev ulardan biri
Bolgariyaning Nesebr shahrida yaqinda «Chegarasiz matematika–2017» matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha qatnashchilar orasida har bir ishtirokchi davlatdan eng yaxshi natijani ko‘rsatganlar “Musobaqa yulduzi” sovrinlariga ega bo‘lishdi.
Xususan, O‘zbekistondan bu sovrinni Kamol Rizayev qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Namangan shahrilik Dilbar Darvisheva, andijonlik Marina Qo‘chqorova, toshkentlik Nataliya Banova, Muhsinaxon Nazarova va Alisher Ikromovlar musobaqa rivojiga qo‘shgan hissasi tufayli sovg‘a bilan taqdirlandi.
Musobaqada oltin kubokni O‘zbekistondan Saidakbar Usmonbekov, Doston Abdurashidov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kumush kuboklarga Dilyor Ismoilov, Yelizaveta Oripova, Kamol Rizayev, Baxtiyor Fayzullayevlar ega chiqishdi.
Bronza kuboklarini esa O‘zbekiston vakillaridan Rahmatulloh Abdurashidov, Ubay Yahyoyev, Akbar Tohirzodalar qo‘lga kiritdi.
11 yoshli Ubay matematikadan xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Mavzuga oid
08:47
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026