«Mançester Yunayted» «Everton»dan Romelu Lukaku sotib olinganini e'lon qildi.
Mankunianliklar rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, belgiyalik bu hujumçi bilan 5 yillik şartnoma tuzilgan. Kelişuvda şartnomani uzaytiriş imkoniyati ham közda tutilgan.
Norasmiy ma'lumotlarga köra, transfer qiymati 75 mln funt (85 mln yevro). U jamoada Zlatan Ibrahimoviçdan böş qolgan 9-raqamli futbolkada töp suradi.
Uşbu transfer doirasida mançesterliklar hujumçisi Ueyn Runi «Everton»ga borib qöşildi.
Lukaku yakunlangan mavsumda «Everton» safida 39 öyinda maydonga tuşgan va 26 gol urib, 7 golga uzatma bergan. 24 yoşli hujumçi «irislar» safida 2013 yildan buyon töp surib kelayotgandi.

















