Jahongir Yunusov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident rasmiy veb-saytida xabar berildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 iyuldagi PQ-3118-son qaroriga muvofiq Yunusov Jahongir Bahodirovich O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarda.










