Davlat rahbari joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida poytaxt tumanlariga taşrif buyurganda tibbiyotning birlamçi böğiniga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Xususan, davlat rahbari Şayxontohur tumanida bölganda aholiga malakali tibbiy-sanitariya yordami körsatiş böyiça namunali oilaviy poliklinikani aynan şu tumanda taşkil etiş taklifini kiritgan edi. 

Soğliqni saqlaş  vazirligi axborot  xizmatining xabar berişiça, uşbu taşabbus soha mutasaddi xodimlari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Soğliqni saqlaş vazirligi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bilan hamkorlikda darhol qöşma reja işlab çiqilib, amaliy işlar boşlab yuborildi. Şayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinika faoliyati tahliliy örganildi va mazkur maqsad uçun tanlandi. 

Poliklinika Çaqar, Çorsu, Qoratoş, Gulbozor mahallalarini qamrab olgan bölib, 26 ming nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatib kelmoqda. Şuningdek, hududda joylaşgan uçta maktab, bitta kollej va törtta boğçaga ham 47-oilaviy poliklinika birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatadi. Uşbu vazifani poliklinikada faoliyat yuritayotgan kardiolog, endokrinolog, ginekolog, nevropatolog, okulist, otolaringolog, stomatolog kabi tor mutaxassislar hamda 15 nafar umumiy amaliyot şifokori va 32 nafar patronaj hamşira sidqidildan bajarib kelmoqda. Bundan taşqari, poliklinika zamonaviy tibbiy texnikalar, xususan, UTT, EKG, rentgen apparatlari bilan jihozlangan. 

Prezident topşiriğidan söng, qisqa vaqt içida poliklinika faoliyati qayta körib çiqilib, tubdan isloh qilindi. Bunda asosiy e'tibor aholiga körsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samarasini yanada yaxşilaş, şifokor qabuliga kiriş uçun navbatlarni qisqartiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va patronaj işlarini öz vaqtida maqsadli olib boriş, şoşilinç holatlarda tez tibbiy yordam xizmatini samarali taşkil etişga qaratildi. 

Ayni damda Şayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinika faoliyati havas qilsa arzirli darajaga yetgan. Tibbiyot muassasasiga kirişdanoq poliklinika faoliyatining asosiy mezoni xalq roziligi ekanini anglaş mumkin.