Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31 dekabriga qadar DMED axborot tizimiga biriktiriş uçun fuqarolar poliklinikalarga pasport va metirkalar bilan murojaat qiliş lozimligi, aks holda tibbiy xizmat pulli asosda körsatilişi haqida xabarlar tarqaldi. SSV matbuot xizmati uşbu xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.

«Çunki bugungi kunda respublikaning 37,7 mln nafar aholisi DMED tizimiga biriktirilgan bölib, ularning elektron tibbiy kartasi töliq şakllantirilgan. Şu sababli fuqarolarni tizimda qayta röyxatdan ötkazişga heç qanday ehtiyoj yöq», – deyiladi xabarda.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (KTMP, OP, OŞP) aholiga tibbiy-sanitariya yordami davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul körsatiladi.

Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalaniş uçun belgilangan muddatlarda tegişli tibbiy köriklardan ötiş, oilaviy şifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qiliş talab etiladi (şoşilinç va tez tibbiy yordam körsatiş bundan mustasno).

Bunda oilaviy şifokor davolaş va taşxislaş standartlariga muvofiq, tor soha şifokorlariga, zarur hollarda şifoxonalarga elektron yöllanma beradi hamda bemor mazkur yöllanma asosida tor soha şifokori tomonidan körikdan ötkaziladi va (yoki) şifoxonaga yotqiziladi.

Vazirlik soğliqni saqlaş tizimiga oid eng töğri va aniq ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy sahifalari orqali olişni söragan.