Abxaziyada talonçilik oqibatida olingan jarohatlari tufayli rossiyalik sayyoh halok böldi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumot bergan.

TASS axborot agentligi vazirlikka asoslanib xabar berişiça, hodisa Gudaut tumani hududidagi Açandara qişloğida röy bergan.

«Baliq ovidan qaytayotgan bir guruh sayyohlarga avtomat va piçoqlar bilan qurollangan kişilar hujum uyuştirib, pul talab qilişgan. Qarşilik körsatganlardan biri oğir jarohat olgan, u keyinçalik şifoxonada jon bergan», — deyilgan IIV xabarida.

Ayni vaqtda jinoyatçilarni qidiriş işlari olib borilmoqda.