AQŞning sobiq prezidentlaridan biri Jimmi Karter sillasi qurigani sababli Kanadada şifoxonaga yotqizilgan, biroq ayni damda u özini yaxşi his qilmoqda, deya vakilining sözlarini keltirmoqda RIA Novosti.
«Sobiq prezident Kanadaning Manitoba provinsiyasi Vinnipeg şahrida «Insoniyat uçun yaşaş maskani» (Habitat for Humanity) quriliş loyihasida işlay turib sillasi qurigan», — deyiladi Karter markazi saytidagi bayonotda.
92 yoşli prezidentning vakili xabariga köra, Karter «ehtiyotkorlik çorasi qöllanilib» şifoxonaga yotqizilgan, rafiqasi ham uning yonida.
Karter şu hafta boşida Kanadaga yetib kelgan va mamlakatning turli burçaklarida 100 ga yaqin uyning ta'mirida iştirok etişni maqsad qilgan. Washington Post xabariga köra sobiq prezident özini juda yaxşi his qilmoqda.

















