Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Film”dagidek o‘marish ish bermadi – o‘g‘rilar ushlandi
1 iyul kuni soat 07:30 larda O‘rtachirchiq tumani Qumovul QFYda yashovchi uy bekasi Salamat Mashrapova uyidan o‘zining «Lasetti» avtoulovida Toshkent shahar Bektemir tumani hududida joylashgan “Qo‘yliq dehqon bozori”ga yo‘lga chiqqan. U avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtda, uyidan taxminan 100 metr masofa uzoqlikda yo‘lning o‘rtasida shlakablok turganligini ko‘rib, avtoulovini to‘xtatadi.
Avtoulovidan tushib ushbu shlakablok g‘ishtini yo‘lning chekkasiga olib, avtouloviga o‘tirayotgan vaqtida yuzlariga oq rangli dokadan niqob (tibbiy niqob) taqqan uch nafar noma'lum shaxs Salamat Mashrapovani qo‘lidan tortib avtoulovidan tushirishadi. G‘arazgo‘ylar uni urib-do‘pposlab, «Lasetti» rusumli avtoulovini ichida mavjud bo‘lgan 6 million 550 ming so‘m, 250 AQSh dollari, 1 dona «Samsung Galaxy J1», 1 dona “Nokia” uyali aloqa telefonlari hamda bir dona ayollar tilla ziragi bilan birga olib qochib, voqea joyidan yashirinishadi.
Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida Salamat Mashrapovaga tegishli ushbu avtoulov Toshkent shahar Bektemir tumani Yuqorichirchiq ko‘chasi 72A-uyda joylashgan “Metallqurilmalari servis” MChJ oldidagi yo‘l chetidan soz holda topildi. Ushbu jinoyatni sodir etgan Timur Xaybraxmanov, Shayan Ali va Botir Shokirovlar qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda har ikkala holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:08
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26 / 08.07.2025
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025