AQŞ Oliy sudi Havayi ştati hukumatidan 18 iyulga qadar prezident Donald Tramp ma'muriyatining immigratsion farmoni böyiça söroviga javob qaytarişni talab etdi. Bu haqda ştat huquqşunosiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Ikki kun oldin Federal okrug sudyasi Derrik Uotson Trampning immigratsion farmoni doirasiga tuşgan olti musulmon davlati fuqarolariga AQŞga kiriş imkoniyatini beradigan qarindoşlik aloqalari kölamini kengaytirişga qaror qilgandi.
Sud qaroriga köra, AQŞda istiqomat qiluvçi şaxslarning buvilari, buvalari, amakivaççalari va boşqa yaqin qarindoşlari mamlakatga kiriş imkoniyatigi ega bölişi kerak.
Trampning yangi migratsion qarori 29 iyul kuni kuçga kirgandi.

















