Yurist, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev özining Feysbukdagi sahifasida 1 avgust kuni bölib ötadigan test sinovlarini birmunça adolatli ötkaziş uçun öz taklifini örtaga taşladi.

OTMlarga kirişdagi test sinovlarida adolatni, haqqoniylikni ta'minlaş haqida köp va xöb gapiriladi. Bu masala nafaqat bugunning masalasi, balki bu millat, yurt kelajagi bilan ham çambarças boğliq.

1 avgustdagi testlar muhokamasidagi doimiy bir savol bor: “Nima qilsa, testlarda butunlay haqoniylikni ta'minlaş mumkin?”. Bu savolga hamma öz dunyoqaraşi, tajribasidan kelib çiqib fikr, taklif aytişga harakat qiladi. Hozirgi postimda men ham özimning kiçik taklifimni aytmoqçiman.

Avvalo bir narsani kelişib olaylik. Uşbu mavzu böyiça eng oddiy haqiqatlar borki, ularni tan olmasdan turib, fikr yuritiş nojoiz.

Birinçidan, imtihonlarda 100% adolatni ta'minlaş qiyin, balki imkonsiz hamdir. Bu köp faktorlarga boğliq. Masalan, ilmsiz biror abituriyent tavakkaliga hamma savolga bir xil harfli variantni belgilab çiqsayu, omadi kelib öqişga kirsa, aslida bu ham tom ma'noda adolatsizlik.

Ikkinçidan, kiriş jarayonlaridagi adolatni bitta taklif bilan yoki bitta islohot bilan ta'minlab bölmaydi. Buning uçun kompleks çora-tadbirlar zarur. Bunday deyayotganimning boisi, hukumat tomonidan ayrim yangiliklar qilingan payti ba'zi insonlar “bu bilan ğirromlik butunlay yöqolmaydi-ku, şu ham yangilik böldimi” deya asossiz e'tiroz bildirişadi. Xuddiki bittagina qaror qabul qilinsayu, şu qaror bilan 100% hammasi yaxşi bölib ketsa, deb umid qilişadi. Bunday bölmaydi. Buni töğri qabul qiliş kerak.

Endi taklifimga kelsam. Aslida quyida yozilganlar yangilik emas. Özim öylab topganim yöq. Şunçaki qoğozda bor, ammo amal qilinmaydigan bir qoida haqida.

Qonuniy asos

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ham, bungaça amalda bölgan Nizomlarda ham bir qoida bor. Ya'ni agar abituriyent test sinovlariga özi bilan şpargalka, telefon, kalkulyator va h.k. yordamçi vositalarni olib kirişga urinsa, öşa abituriyent test sinovlaridan çetlatiladi, imtihonga kiritilmaydi.

Tasavvur qilyapsizmi, hali abituriyent öşa vositalardan foydalangani yöq, hali içkariga kirgani yöq, şunçaki olib kirişga urindi xolos. Lekin şunday bölsada amaldagi qonunçilik böyiça bunday nopok yölga uringan abituriyent testdan çetlatilişi kerak.