O‘zbekiston | 18:53 / 17.07.2017
5360
2 daqiqa o‘qiladi

Inha bitiruvchilarining uch nafari Koreyada magistr darajasini olishi mumkin

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning uch nafar bitiruvchilari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining magistraturasida ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi, deb xabar bermoqda universitet sayti.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxo‘jayev Janubiy Koreyadagi Inha universiteti rahbariyati bilan muzokaralari davomida IUT bitiruvchilari uchun Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta'lim olish imkoniyatini yaratish to‘g‘risida kelishib oldi.

Kelishuvga muvofiq, 2019-2020 akademik yildan boshlab, IUT’ni bakalavriat dasturi bo‘yicha tamomlagan uch nafar talabalar Janubiy Koreyadagi Inha universitetining magistraturasida ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. 

Qayd etish kerak, Janubiy Koreyadagi magistraturada ta'lim olish uchun talabalarga Toshkent shahridagi Inha universiteti ma'muriyati tavsiyanoma beradi. Talabalar magistrlik darajasini olib qaytishgach, IUT’ga ishga qabul qilinadilar.

Hozirda “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining 4-bosqich 99 nafar talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetida tahsil olishmoqda. Ular Janubiy Koreyada ikki semestr davomida – 2017 yilning dekabr oyiga qadar ta'lim olishadi.

Mavzuga oid

E`lonlar