Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlat organlari faoliyatiga fuqarolar murojaatlari bilan işlaşning ilğor mexanizmlari tatbiq etilayapti. Natijada fuqarolar huquq va manfaatlarini ta'minlaşning ta'sirçan mexanizmlari paydo bölayapti.

“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi mutaxassislari 2017 yilning boşidan beri aholining uşbu masala yuzasidan fikrini monitoring qilib kelişadi. Markaz vakillari jami 2000 ta xonadonga taşrif buyurişdi. Ularning 702 tasida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlariga murojaat qilgan fuqarolar aniqlandi.

Sörov natijalarini umumlaştiriş şuni körsatdiki, fuqarolarning köpçiligi — 89,6 foizi fikriça, davlat rahbari tomonidan asos solingan fuqarolar bilan faol va oçiq muloqot qilişning yangi tizimi, Xalq qabulxonalari instituti aholining dolzarb muammolarini hal qilişning samarali mexanizmi hisoblanadi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirişga xizmat qilmoqda. Joriy yilning ikkinçi çoragida uşbu tizimni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan fuqarolar soni birinçi çorakdagiga nisbatan 5,3 foiz ösganligi e'tiborga molikdir. 

Sörovda iştirok etganlarning 35,1 foizi davlat hokimiyati yoki xöjalik boşqaruvi organlariga murojaat qilgan. Ularning aksariyati tadbirkorlar, davlat xizmatçilari va pensionerlardir.

Samarqand, Surxondaryo va Farğona viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri aholisi özlarining uşbu huquqlaridan keng, Buxoro va Jizzax aholisi esa kam foydalangan. Tadqiqotning körsatişiça, qişloq ahli şaharliklarga, ayollar esa erkaklarga qaraganda köproq davlat organlariga murojaat qiladi.  

Sörov natijalariga köra, fuqarolarning köpçiligi an'anaviy, ya'ni taşkilotlar, vazirliklar, idoralar va hokimliklar qabulxonalari orqali yozma ariza vositasida murojaat qilişni maqbul, deb biladilar. Yoşlar va örta yoşlilar esa internet tarmoği orqali murojaat qilişni ma'qul köradi. Ularning 87,1 foizi fikriça, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — gov.uz  jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini tezkor qabul qiliş va uzatişning samarali vositasi hisoblanadi. Bunda fuqarolar vaqti behuda sarflanmaydi, idoraga şaxsan kelişiga zarurat tuğilmaydi, çunki barça murojaatlar onlayn rejimida masofadan turib amalga oşiriladi. 

Fuqarolarning köpçiligi  (81,2 foizi) mustaqil ravişda, ya'ni birovning yordamisiz murojaat qilgan. Sörovning har beşinçi iştirokçisi e'tirof etişiça, ular ariza yoki şikoyat matnini tuzişda qarindoşlari, hamkasblari, tanişlari yoki yuristlardan yordam söragan.

Davlat taşkilotlariga yöllangan murojaatlarning mutlaq köpçiligi  — 91,7 foizi şaxsiy mazmundagi masalalar ekanligi diqqatga sazovor. Fuqarolarning jamoa bölib murojaat qilişi keng tarqalmagan. Masalaning yana bir muhim jihati, davlat organlariga, asosan, ariza va şikoyatlar tuşadi, ammo takliflar u darajada köp emas.