Doha Qatar davlat axborot agentligiga kiberhujumda BAAni aybladi. Bu holat Fors körfazi mamlakatlari örtasida inqirozni yuzaga keltirgan, deb xabar bermoqda Reuters.
Avvalroq The Washington Post’da Qatar OAVga hujum BAA tomonidan taşkillaştirilgani haqida maqola e'lon qilindi.
«The Washington Post’da e'lon qilingan ma'lumot BAA va Amirliklarning yuqori mansabli amaldorlari Qatar yangiliklar agentligiga uyuştirilgan xakerlik hujumiga aloqador ekanini körsatdi», - deyiladi Qatar hukumati bayonotida.
Qatardagilarning ta'kidlaşiça, Amerika naşrining maqolasi «kiberhujum holatini aniq isbotlaydi».
BAAning AQŞdagi elçisi esa bu maqolani yolğon, deb atagan.













