Yevropa ittifoqi Liviyaga qarşi çeklov çoralarini kiritdi hamda uşbu davlatga puflanadigan qayiqlar hamda olib yuriluvçi qayiq motorlari yetkazib berişni taqiqladi. Bu haqda Yevroittifoq Kengaşi tomonidan qabul qilingan Liviya böyiça bayonotda aytiladi.
«Kengaş Liviyaga puflanadigan qayiqlar va olib yuriluvçi qayiqlar motorlarini yetkazib berişga çeklov kiritdi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanişiça, uşbu tovarlar kişilarni noqonuniy olib ötişda qöllanilişi mumkin.
Şu bilan birga, kengaş YeIning liviyalik çegaraçilarni tayyorlaş böyiça kömak missiyasini 2018 yilning oxiriga qadar çözdiriş haqida qaror qabul qilgan.
Avvalroq YeI Suriyadagi kimyoviy hujumlar tufayli qator şaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.












