Andijon viloyatida göşt uçun bir xil narx örnatildi - endilikda viloyatda göştning bir kilosi 29 ming sömdan sotiladigan böldi. Bu haqda «Andijonnoma» gazetasi sayti xabar bergan.
Naşr xabarida yozilişiça, viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov 18 iyul kuni şahar va tuman hokimlari, prokuratura, içki işlar, soliq idoralarining xodimlari va qassoblar, şuningdek, tegişli taşkilotlar rahbarlari bilan ötkazilgan uçraşuvda şunday qaror qabul qilgan.
Uçraşuv aholi tomonidan bozorlarda göşt narxlari asossiz ravişda kötarilayotgani haqida bildirgan şikoyatlar tufayli ötkazilgan. Keyingi vaqtlarda viloyat hududidagi bozorlarda 1 kg göşt uçun narx 34 ming sömgaça kötarilgandi.
«Muhokamalar yakunida viloyatda faoliyat körsatayotgan 622 ta qassobxonaning barçasida bir kilogramm göşt 29 ming sömdan sotiladigan böldi», — deyilgan xabarda.
















