Prezident farmoni bilan boş prokuror örinbosari — harbiy prokuror Botir Qudratxöjayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangani töğrisida xabar berilgandi. FVV matbuot xizmatiga köra, vazirlikning yangi rahbariga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berilgan.
Botir Qudratxöjayev faoliyati davomida Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi, viloyat prokurori bölib işlagan (2014−2016), keyin Toşkent şahri prokurori bölgan (2016−2017), 2017 yil iyunidan 2020 yil oktyabriga qadar Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida işlagan. 2020 yildan Xorazm viloyatiga prokuror bölgan, 2022 yil noyabrida esa Boş prokuror örinbosari – Harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda mudofaa vaziri, içki işlar vaziri va DXX raisining bir nafardan örinbosarlari hamda ikki qömondonga general-mayor unvoni berilgandi. Şuningdek, öşanda boş prokuror örinbosarlaridan biri va Qoraqalpoğiston prokuroriga «III darajali davlat adliya maslahatçisi» maxsus unvoni topşirilgan edi.
Joriy yilning yanvarida esa Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonovga general-polkovnik harbiy unvoni berilgani ma’lum bölgandi.












