Botir Bahromoviç Qudratxöjayev Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezidentning tegişli farmoni imzolangan.

U şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari – Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Botir Qudratxöjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. 

Botir Qudratxöjayev muqaddam Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi, viloyat prokurori bölib işlagan (2014−2016), keyin Toşkent şahri prokurori bölgan (2016−2017), 2017 yil iyunidan 2020 yil oktyabriga qadar Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida işlagan.  

2020 yildan Xorazm viloyatiga prokuror bölgan, 2022 yil noyabrida esa Boş prokuror örinbosari – Harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi.

Ma’lumot uçun, FVVga 2022 yil martidan buyon Abdulla Qöldoşev rahbarlik qilib kelayotgandi (u 2018 yildan favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari sifatida amalda vazirlik rahbari hisoblangan). Uning işdan ketişi sababi hozirça ma’lum emas.