Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.
Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tuşumlarning töliqligini nazorat qiliş inspeksiyasi taşkil etiladi.
Uning faoliyati byudjyet daromadlarini köpaytiriş zaxiralarini aniqlaş va ularning safarbar etilişini ta'minlaş, soliq va bojxona tölovlarining yiğiluvçanlik darajasini tizimli tahlil qiliş, Davlat byudjyeti daromadlarining prognoz körsatkiçlarining xolisligi va asosliligini baholaş, soliq soliş obektlari va soliq solinadigan bazani töliq qamrab oliş ustidan nazoratni amalga oşirişga yönaltiriladi.
Davlat byudjyetiga tuşumlarning töliqligini nazorat qiliş inspeksiyasida çeklangan ştat soni Davlat soliq xizmati organlarining ştatlar sonini qisqartiriş hisobidan 41 nafardan iborat böladi.
















