Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxöjayevning ÖzA bilan suhbatda aytişiça, qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Çimboy filiali mas'ul şaxslari özlari uçun jinoiy sxema işlab çiqqan. Unga köra, yuzaga kelgan 1 milliard söm qarzdorlik 118 fuqaroga “taqsimlangan”. Ularni undiriş böyiça tegişli da'volar qözğatilgan. Lekin ijro hujjatlari ijrosi ta'minlanmagan. 

Bu sohada yöl qöyilgan jinoiy xatti-harakatlarning ayrimlarini tamagirlik, poraxörlik hamda iste'mol qilingan energiya resurslari uçun tölangan mablağlarni talon-taroj qiliş kabilar taşkil etgan. 

Bunday jinoyatlarning asosiy qismi energiya resurslari uçun tölovlarni undirişga mas'ul bölgan nazoratçilar tomonidan amalga oşirilgani aytildi. Bu yönalişda 40 jinoyat işi qözğatilgan bölib, şundan 18 jinoiy iş 20 nazoratçiga (elektr böyiça – 5, gaz böyiça – 15) taalluqli. 13 holatda qarzdorlikni yöqotib beriş uçun iste'molçilardan noqonuniy ravişda pul olingan. 

Masalan, “Buxorotumangaz” filiali nazoratçilaridan biri ikki mijozdan 4,6 million söm bölgan qarzlarini “qoplab” beriş uçun 400 AQŞ dollari va 2 million söm olgan. Ularga tölov tölangani haqida noqonuniy hujjat bergan. 

“Mirzaobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlaridan biri 1,2 million sömlik qarzni “yopiş” evaziga iste'molçidan 700 ming söm olgan. Tekşiriş davomida bu şaxs ana şunday yöl bilan 417 noqonuniy holatga yöl qöygani va davlatga 31,3 million söm zarar yetkazgani ma'lum böldi”, - deydi Qudratxöjayev.

Yaşnobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlaridan biri esa qarzdorlikni sun'iy ravişda kamaytirib beriş evaziga iste'molçidan 200 AQŞ dollari olayotgan paytda qölga olindi. 

Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boş hisobçisi öz jamoadoşlari bilan til biriktirib, “Elsus” korxonasiga qiymati 1,1 milliard sömlik transformatorni 754,8 million sömga pullagan. Oqibatda davlatga 331,2 million söm zarar keltirilgan. Ming afsuski, bunday misollarni yana davom ettiriş mumkin. 

Nazorat tadbirlari davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlariga ham yöl qöyilgani ma'lum böldi. Bu borada elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan 15 holat aniqlandi. Misol uçun, çinozlik U.Abdullayev öz uyida yaşirin 159 kvadrat metrli muzlatgiç taşkil etgan va uni işlatiş uçun elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Natijada 290,3 million söm ziyon keltirgan.