Özbekistonda birinçi mahalliy avtomobil - “Neksiya” konveyerdan çiqqaniga 21 yil tölişi munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, Toşkent politexnika muzeyida ham şunday tadbirlardan biri bölib ötdi.

Tadbirda iştirok etgan GM Uzbekistan brend-menejyeri Sobirjon Muxtorovning sözlariga köra, “Neksiya” avtomobillarining barça modellari Özbekiston şaroitlariga moslaştirilgan: sovutiş materiallari hamda infraqizil nurlanişni ötkazmaydigan derazalar örnatilgan.

Tadbirda Toşkent şahridagi mehribonlik uylarining tarbiyalanuvçilari ham iştirok etdi. Ularga va barça taşrif buyurganlarga “Neksiya”ning barça rivojlaniş jarayoni namoyiş etildi. 

Ma'lumot uçun, 1996 yilning 19 iyul kuni Asaka şahrida UzDaewooAuto zavodi tantanali ravişda oçildi. Şu kuni “Neksiya” avtomobilining bir namunasi taqdim etilgan. 

Daewoo Nexia nafaqat Özbekiston haydovçilari orasida, balki Rossiya va MDHning boşqa mamlakatlarida katta maşhurlikka sazovor böldi. Jami bu brendda 1 060 715 dan ortiq avtomobil işlab çiqarildi.