2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, sohadagi mavjud korxonalarning işlab çiqariş quvvatlarni oşiriş maqsadida:

  • yangi birlaşgan global platformasiga (“GEM”) ötiş orqali yillik quvvati 190 ming dona bölgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini işlab çiqarişni boşlaş;
  • “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining avtomobil işlab çiqariş quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oşiriş rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqiladi. Bunda:

  • işlab çiqariladigan avtomobillarni xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida işlab çiqarişni taşkil etiş;
  • “Nexia” rusumli avtomobillarni Qozoğiston Respublikasida töliq siklda (CKD) işlab çiqarişni yölga qöyiş orqali yiliga 30 ming donagaça maşinokomplektlar eksportini amalga oşiriş közda tutiladi.

Şuningdek, yengil avtomobillar mahalliylaştiriş darajasini 60 foizga yetkaziş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqiladi. Bunda, Andijon viloyatida taşkil qilingan “Maşinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi va boşqa hududlarda avtomobillarga butlovçi qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan 151,3 mln AQŞ dollarlik 8 ta yangi loyihalarni 2022-2024 yillarda işga tuşiriş nazarda tutiladi.