2019 yilning 26 sentabr kuni soat 12:34da Navoiy şahar Tinçlik qörğoni S.Ayniy köçasida turgan “Temir yöl transport boşqarmasi” MÇJga qaraşli “NEXIA” rusumli avtomobilida yonğin bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotiga köra, xabar asosida voqea joyiga ikkita yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga uç daqiqada yetib borgan va yonğin soat 12:39 da qurşab olinib, soat 12:42 da töliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida “NEXIA” rusumli avtomobili töliq yongan.

Hodisaning kelib çiqiş sababi yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilganda, avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovçi yoqilği hidini sezib, avtomobilni yöl çetida töxtatganligi va qaytadan öt oldirgan vaqtida alanga yuzaga kelgani hamda yonğin öçiriş bölinmalari yetib kelgan vaqtda avtomobilga örnatilgan 65 litr siğimdagi propan gaz balloni yonğin oqibatida yorilgani ma'lum bölgan.
Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















