Bugungi özbek matbuoti zamon bilan hamnafas yaşayaptimi? Uning yangilanişiga nimalar yetişmayapti? Ana şu va boşqa köplab dolzarb savollarga javob izlangan Ötkir Qalamtebratarning «Jiddiy» gazetalarni nega öqimaymiz?» sarlavhasi ostida maqolasi fayzbog.uz’da e'lon qilindi. Quyida maqola özgarişlarsiz berilmoqda. 

Savolni qaytaraman. Biz nega gazeta öqimaymiz? “Internet asri boşlandi”, “Messenjerlar matbuot örnini egallayapti”, “Zamonaviy dunyo…” va şunga öxşaş safsatalar bilan boşimni qotirmang! Daily Mail har kuni 1,5 million nusxada çop etiladi. Turklarning ertalabki nonuştasi çoy va qariyb 400 ming tirajga ega Sabah’siz ötmaydi. Nima, sizningça Angliya yoki Turkiya dinozavrlar davrida yaşayaptimi? Albatta, yöq! Xöş, unda nega bizning odamlar gazetadan qölini yuvib qöltiğiga urgan?

Tarğibot

Esimni taniganimda, yuz ming aholi yaşaydigan bizning şaharçada ikki yoki uçta kiosk bölardi. Qariyb 20 yil ötdi. Köplab özgarişlar, yangiliklar böldi. Önlab hokimlar almaşdi. Ammo kioskalar öşa-öşa. Faqat sotuvçilar biz “jiddiy” deb ataydigan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, siyosiy partiya naşrlarining nuqsi ötib — munğayibgina, egilibgina qolişgan.

Umuman, Özbekistonda gazetalar tarğiboti internet texnologiyalari taraqqiy etgan hozirgi davrda ham — majburiy obuna va kioska darajasidan kötarila olmayapti. Aslida, dunyoning köpgina rivojlangan davlatlari, xususan, Turkiyada bu borada allaqaçon yangiça uslub va tajribalar qöllaniladi. Masalan, Istanbulda gazeta sotib oliş uçun kioska qidirib yurmaysiz. Uyingiz yonidagi istalgan maişiy dökonning kiraverişida kunlik naşrlar ilib qöyilgan.

Psixologlar ta'biri bilan aytganda, bunday tarğibot texnologiyasi — 25-kadr, ya'ni kişilarning ong ostiga yaşirin reklama vositasida ta'sir ötkaziş, deyiladi. Siz uyingiz yonidagi dökonga aslida non yoki saqiç uçun kirgan bölsangiz ham, xohlaysizmi yoki yöq, közingiz, albatta, ertalabki “issiq” gazetalarga tuşadi, ongning bir burçida ularni jilla qursa varaqlaşga qiziqiş uyğonadi. Masalan, siz uyingiz yonidagi dökonga bir kunda örtaça neça marta kirasiz?

Negadir, bizda şu kabi tajribalar qöllab körilmaydi. Aslida, bosmaxonalar buyurtma berilgan naşrlarni belgilangan adaddan 15-20 taça köp çop etadi. Öşa ortiqçasi xususiy dökon yoki supermarketlarga dastlab tekinga tarqatilganda ham gazeta uçun yaxşigina reklama vazifasini ötaydi. Be, bizga “ortiqça” ğalvaning nima keragi bor? Tirikçilik “yurib” tursa böldi-da!