Özbekistonda tom ma'noda yetakçi bölgan siyosiy partiya mavjud emas va borlarining ham ma'lum bir tizimi işlamayapti. Siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirğizboyev XPKda bölib ötgan sessiyada ekspert sifatida iştirok etib, respublikada faoliyat olib boruvçi söl va öng kayfiyatdagi partiyalar mohiyatiga izoh berdi hamda bu kabi partiyalar bor-yöqligi xususida fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Oddiy söz bilan aytganda, aslida partiya yöq darajada. Misol uçun Toşkentda 30-40 kişidan iborat partiya apparati xodimlari ötiradi, 50-60 ga yaqin Kengaş a'zolari viloyatlarda istiqomat qiladi, viloyat kesimida 4-5 nafar odam, tumanda 3-4 nafar kişi işlaydi. Şuni aytiş kerakki, partiya degani bu partiya apparati, boşqaruvçi organi degani emas, balki uning boşlanğiç taşkilotlari partiya deyiladi. Qaçonki, boşlanğiç taşkilotlar uyuşib, partiyaviy tus olib, mafkurani özida his qilib, partiyaga daxldorlik tuyğusi bilan tuman, şahar, viloyatlarga (hokimiyatlariga taklif va taşabbuslarini ilgari sura boşlaydi-tahr.) bosim qiladi, öşanda partiya işlaydi. Şunday ekan, boşlanğiç taşkilotlar kuçaytirilmasa, partiyani partiya deb bölmaydi”, - dedi Qirğizboyev.

Kirgizboyev Muqimjon, Andijon Davlat universiteti, siyosiy fanlar doktori, professor

Ekspertning fikriça, jamiyat bir organizm kabidir. Uning bir a'zosi işlamay qolsa, jamiyat depsinib, orqaga ketadi. “Hozir siyosiy partiya degan organizmdagi bir böğin işlamayapti. Ana şu böğin işlasa, jamiyat ham töğridan-töğri tökis harakat qilişga ötadi. Şuning uçun ham bu masala nihoyatda katta masaladir. Qolaversa, bu odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qonunlarda, Prezident çiqarayotgan farmonlar va qarorlarda aks ettiradigan hodisa”, - dedi ekspert. 

U, şuningdek, Özbekistonda parlamentda ustunlik qila oladigan va mamlakatda haqiqiy hukmron partiya bölişga loyiq partiya bor-yöqligi xususida ham fikrlarinii bildirdi. “Masalan, bizda yetakçi partiya deb ÖzLiDeP tan olingan. Ammo qonunçilikka köra, Qonunçilik palatasida 150 deputatlik örni bölsa, şundan 76 ta örinni egallagan partiya yetakçi partiya hisoblanadi. Bizda atigi 49-50 deputati bor ÖzLiDeP yetakçi partiya maqomida”, - deya masalaga oydinlik kiritdi Qirğizboyev.