Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyada parlament deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari bilan ularning taşabbuslariga doir fikrlar almaşildi. Qizğin bahs-munozaralar böldi. Şu bilan birga, siyosiy partiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi taşabbuskorligi sustligi tanqid qilindi. Xususan, XPK sessiyasi moderatori, siyosatşunos Şerzodxon Qudratxöjayev sessiya qatnaşçilari e'tiborini tadbirkorlar va umuman sayyohlarni ham qiynayotgan bir masalaga qaratdi.
“Prezident virtual qabulxonasiga murojaatlarning köp kelişi boşqa institutlar işlamayotganini körsatadi. Hozir nisbatan kamaydi, bu.
Mana bir tadbirkor bizga murojaat qilibdi. Özbekiston turizmni rivojlantirişni rejalaştirmoqda. Samarqand, Toşkent, Buxoro, Xiva bor. Lekin, köp joyda kafe-restoranlar keçasi soat 23:00da yopiladi. Sayyoh, masalan, pazandalik turizmi orqali xorijdan kelgan kişi, milliy taomlarni iste'mol qilişni xohlaydi. Qorni oçadi. Yoki keçasi çiqib sayr qilgisi keladi. Hamma joyda ham yomon narsa bölmaydi-ku. Nimaga, deydi öşa murojaat qilgan tadbirkor, nega Özbekistondagi birorta partiya kafe-restoranlar yarim tun soat 24:00-1:00 gaça işlasin degan taklif bilan çiqmaydi.
Turistlar xohlagan taomini borib yesin. Nega çeklov bor, deb murojaat qilmoqda. U joyda jinoyat bölmaydi-ku, deb qayğurmoqda. Bugun şu masalani ham kötariş vaqti keldi. Bu nimani anglatadi, keçasi savdo köproq böladi, buni ortidan davlatga tuşum köproq böladi, öşa taşkilot rivojlanadi”, - degan fikrlarni bildirib ötdi Qudratxöjayev.

















