Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni soliq tizimini takomillaştiriş böyiça doimiy işlaydigan ekspert komissiyani tuziş haqidagi farmoyişni imzoladi.
Bir oyda kamida bir marotaba yiğiliş ötkazadigan komissiyaning asosiy vazifalariga - soliqqa tortiş xalqaro amaliyotini örganiş va respublika soliq tizimini dunyoning rivojlangan mamlakatlarida qabul qilingan, xorijiy sarmoyadorlar uçun tuşunarli bölgan hamda ularni Özbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritişga rağbatlantiruvçi soliq tizimiga muvofiqlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş kiradi.
Boşqa vazifalar orasida – soliq siyosatining amalga oşirilişini tizimli monitoring qiliş, kamçiliklarni aniqlaş, soliq tizimini yaxşilaş böyiça aniq takliflarni işlab çiqiş bor.
Komissiya soliq yuklamasi şakllangan darajasining xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyati, korxonalarning moliyaviy barqarorligi, iqtisodiyotda özaro hisob-kitoblar holati, debitorlik va kreditorlik qarzlari dinamikasiga ta'sirini örganiş va tegişli takliflar tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Bundan taşqari, u mintaqalarning soliq salohiyatini aniqlaş böyiça, barça darajadagi byudjyetlarning daromad bazasini mustahkamlaş, moliya va soliq organlarining manfaatdorligini kuçaytiriş böyiça uslubiy masalalarni işlab çiqadi.
Şuningdek, komissiya vazifalari içiga soliq ma'muriyatçiligi amaliyotining çuqur va aniq tahlili, uni yengillaştiriş böyiça takliflarni tayyorlaş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, soliq tölovçilarga töğridan-töğri aloqaga kirmagan holda elektron xizmat körsatiş, ularga uslubiy yordam körsatiş va profilaktik işlarni kuçaytiriş, soliq monitoringi tizimini samarali tatbiq etiş, soliq organlari faoliyatining oçiqlik hamda şaffofligini oşiriş ham kiritildi.
Ekspert komissiyasiga vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari va taşkilotlar mutaxassislarini, şuningdek, mustaqil ekspertlarni (çet eldan ham) işga jalb etiş huquqi taqdim etildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti 18 iyul kuni “Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
















