2017 yilning uçinçi çoragida Qualcomm daromadi 40 foizga tuşib ketdi va 865 mln dollarni taşkil etdi, deb yozmoqda «Vedomosti». Kompaniyaning daromadi Apple bilan patent mojarosi fonida 11 foizga kamayib, 5,37 mlrd dollarga teng böldi.

Qualcomm Xitoy bozoridagi talabning ortişi hisobidan çiplarni sotişdan tuşgan daromadlarini 58 foizga oşirib, 4 mlrd dollarga ega böldi. Şu bilan birga, Qualcomm patentlaridan foydalaniş uçun boşqa kompaniyalardan mablağ oluvçi bölinmalar daromadi 42 foizga tuşib ketib, 1,17 mlrd dollarga teng böldi.

Kompaniyadan ta'kidlaşlariça, daromadlarning qisqarişiga şeriklardan birining lisenzion tölovlarni uşlab turgani ta'sir körsatgan. Qualcomm bu buyurtmaçining nomini oşkor etmagan.

Apple va Qualcomm 2017 yilning yanvaridan beri sud jarayonida iştirok etmoqda. iPhone işlab çiqaruvçisi Qualcomm’ni oşirilgan lisenzion tölovlarda aybladi. Qualcomm esa Apple va unga yetkazib beruvçilarni şartnomada belgilangan mablağlarni tölamaslikda aybladi.