Shavkat Mirziyoyev Örta Çirçiq tumanidagi «Özbegim otlari» ot zavodi faoliyati bilan tanişdi.
«Mamlakatimizda yilqiçilik va ot sportini rivojlantiriş, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlaş, mazkur soha uçun mutaxassislar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, xorijiy davlatlarning ilğor tajribalarini örganiş orqali nasldor, sport va xizmat otlarini köpaytirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 iyundagi «Özbekiston Respublikasida yilqiçilik va ot sportini rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori muhim dasturilamal bölmoqda», deyiladi ÖzA xabarida.

«Özbegim otlari» ot zavodi 1992 yilda taşkil etilgan bölib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini köpaytiriş va parvarişlaşga ixtisoslaştirilgan. Tarixiy manbalarda keltirilişiça, Axaltaka zotli otlar bundan beş ming yil muqaddam paydo bölgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arğumoq, uçqur ayğirlar, deya ta'riflangan. Toşbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berişiça, Axaltaka arğumoqlari qadimda hozirgi Farğona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uçragan. Ayni paytda mazkur turning katta qismi Turkmaniston hissasiga töğri keladi.

Bugungi kunda «Özbegim otlari» zavodida 300 ga yaqin ot parvarişlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan taşqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor.
«Özbegim otlari» zavodida Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovğa qilingan «Döstxon» laqabli zotdor ot yiğilganlar e'tiboriga havola etildi.

















