Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida taşkil qilingan yangi formatdagi yangiliklar telekanali bölmiş «Özbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali keyingi haftadan iş boşlaydi. Bu haqdagi ma'lumot «Kun.uz»ning MTRKdagi manbalari tomonidan tasdiqlangan.

Yangi kanal 24 iyuldan efirga çiqadi. Telekanal efirlari dastlab yozib olingan holda efirga uzatiladi. 

«Ayni vaqtda telekanal faoliyati yölga qöyilişi uçun işlar qizğin. Barçasi 24 iyulga qarab ketmoqda», deya ma'lumot bergan «Kun» manbasi. U telekanal oçilişi prezident Şavkat Mirziyoyevning tuğilgan kuniga töğri kelişiga e'tibor qaratgan.

Uşbu telekanal «Diyor» telekanali va «Toşkent» radiokanallarining çastotalarida efirga çiqadi. Telekanal xodimlari soni 251 kişi bölişi belgilangan. 

Telekanal SD va HD formatlarida efirga uzatiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda uşbu formatga töliq ötilgunga qadar parallel ravişda UzHD kanalida ham amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, uşbu axborot-tahliliy telekanali taşkil etilişi haqida may oyida ma'lum bölgandi. Avvaliga telekanal 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni iş boşlaşi kutilgandi. 27 iyun kuni esa telekanal «tez kunda iş boşlaşi» aytildi.

«Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopiladi