Germaniyaning Deutsche Bank va Amerikaning JPMorgan Chase moliya muassasalari qator investorlar tomonidan sud da'vo arizalarini qaytarib olişlari uçun umumiy hisobda 148 mln dollar tölaydi. Sarmoyadorlar uşbu moliya institutlarini banklararo stavkalarda hiyla qöllaganlikda ayblaşmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Agentlikka köra, Deutsche Bank 77 mln, JPMorgan Chase 71 mln dollar tölaydi. Kelişuv sudoldi mohiyatiga ega, şu sababli uni Manhetten federal sudi tasdiqlaşi kerak. 

Avvalroq, Amerikaning Citigroup moliya guruhi va Britaniyaning HSBC konglomerati ham barça sud da'volarini bekor qiliş uçun tegişli ravişda 23 mln va 35 mln dollar tölaşga rozi bölgandi. 

Xabar qilinişiça, gap 2006-2010 yillarda LIBOR amaliyotidagi banklararo stavkalar hiylalar qöllangani haqida bormoqda. LIBOR amaliyotida banklar belgilangan stavkada joriy likvidlikni ta'minlaş uçun bir-biriga kredit beradi. Bu kabi noqonuniy harakatlardan zarar körgan Amerika investitsiya firmalari 20 ga yaqin bank ustidan da'vo qilgan.