2017 yilning 20 iyul kuni taxminan soat 15:00larda içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida, fuqaro Sulton Usmonbekov uyida qonunga xilof ravişda, 29 tup umumiy vazni 7 kilogramm 535 gramm bölgan «naşa» giyohvandlik vositasini ekib, yetiştirayotganligi, şuningdek 68,10 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (ta'qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) va JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda saqlaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

















