Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax viloyati, Paxtakor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Kun.uz»ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2017 yil 22 iyul kuni soat 16:30da o‘tkazilgan tadbiri davomida, Oqbuloq MFY, Lolazor ko‘chasi, 23-uyda istiqomat qiluvchi, ishlamaydigan, 1970 y.t. B.Y. (familiya,ismi o‘zgartirilgan) uyida qimorxona tashkil etib, shu mahallada yashovchilar T.U., D.U.va T.S. birgalikda tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini o‘ynayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida bir dona karta va 80.000 so‘m pullar hujjatlashtirilib olingan.
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 28.02.2026
Jizzaxda dehqon xo‘jaligi yerini 950 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:15 / 26.02.2026
Jizzaxda «Yangi Jizzax» shaharchasi barpo etiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
19:53 / 23.02.2026