O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari xodimlari uchun muomala madaniyatini oshirish choralari belgilab berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mamlakatning har bir fuqarosi ichki ishlar organlari xodimi timsolida o‘zining hayoti, sog‘lig‘i, sha'ni va qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan muhofaza qilishga va og‘ir damda yordam berishga tayyor bo‘lgan himoyachisini ko‘rishi hamda o‘zining xavfsizligi ta'minlanganligini his qilishi zarur.
Ushbu buyruq bilan ichki ishlar organlarining bu boradagi faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek xodimlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipiga har tomonlama va to‘laqonli amal qilishlarini ta'minlash hamda xodimlarning muomala madaniyatini yaxshilash va ularning bu boradagi shaxsiy javobgarligini oshirish maqsad qilib ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra quyidagi vazifalar belgilab qo‘yildi:
- muomala madaniyatiga rioya etish ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi;
- ichki ishlar organiga yoki aniq bir xodimga murojaat qilgan har qanday shaxs zudlik bilan qabul qilinishi va e'tibor bilan tinglanishi shart;
- ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlari o‘z xodimlarini qo‘pollik va loqaydlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari, o‘zaro va fuqarolar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish holatlariga qat'iy munosabat bildirishlari hamda xulq-atvor va muomala madaniyatlari bilan o‘zlari shaxsiy namuna ko‘rsatishlari zarur.
Ichki ishlar organlari xodimi:
- har doim aholi ko‘z o‘ngida ekanligini hamda ichki ishlar organlarining obro‘si uning xulq-atvoriga va xatti-harakatlariga bevosita bog‘liq ekanligini hamda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan har bir fuqaroga yordam ko‘rsatish aholida ichki ishlar organi faoliyati to‘g‘risida ijobiy fikrni shakllantirishini yodda tutishi;
- fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lishi, ularning murojaatlariga xolisona va vijdonan yondashishi, ayniqsa, bolalar, ayollar va qariyalarga alohida e'tibor qaratishi;














