Tojikiston IIVdan 20 nafar militsioner ortiqça vazn sabab işdan böşatildi. Bu haqda respublika içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda Hamro xabar bergan.

«Jismoniy körsatkiçlari kuç tuzilmasi talablariga töğri kelmaydigan xodimlar borligi ma'lum böldi. Biz ularni işdan böşatdik», - deya vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan Sputnik Tojikiston.

Biroq, huquqni muhofaza qiliş idoralarining bir neça xodimi ogohlantirişdan söng ozişga muvaffaq bölgan.

«Yetti xodim tegişli jarayondan ötkazilgaç, lavozimlarga tayinlandi. Ular işlaşda davom etmoqda», - deya ta'kidlab ötgan militsiya generali.

Tojikiston IIV rahbarining topşiriğini bajariş ustidan maxsus komissiya nazorat örnatdi. Xususan, respublikada militsiya xodimining böyi 170 santimetr bölgani holda vazni 75 kilogrammdan oşmasligi lozim.