Joriy yilning 24 iyul kuni “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boşqaruv raisi A.Kamalov tizimda faoliyat olib borayotgan bir guruh yoşlar bilan uçraşdi. Muloqotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati va bu borada xolding kompaniyaning vazifa hamda takliflari muhokama qilindi.

Aytiş kerakki, xolding kompaniya tizimida  bugungi kunda 10 mingdan ziyod 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar faoliyat olib bormoqda. Ularning 22 foizi boşqaruv lavozimlarida xizmat qilmoqda. 

Yiğilişda söz olgan xolding kompaniya boşqaruv raisi A.Kamalov jamiyat taraqqiyotida yoşlarning tutgan örni haqida töxtalar ekan, şu jumladan, tizim rivojida tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan yoşlar mehnatini alohida e'tirof etdi. 

Kompaniya raisi va yoşlarning muloqoti oçiq hamda konstruktiv ruxda ötdi. Yoşlar kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirişga doir taklif va mulohazalarini bildirişdi, özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişdi.

Tadbirda xolding kompaniya va uning tarkibidagi barça aksiyadorlik jamiyatlari vakillaridan iborat yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş böyiça Işçi guruhi tuzildi. Mazkur guruh tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan yoşlarning iste'dodlari va imkoniyatlarini röyobga çiqariş, bilim-malakalarini oşiriş, ijtimoiy himoyasi (jumladan, uy-joylar bilan ta'minlaş, yoşlar ma'naviyat markazlari, sport komplekslarini taşkil etiş)ni ta'minlaşga kömaklaşiş, namunali va faol yoşlarni moddiy hamda ma'naviy rağbatlantiriş masalalari böyiça takliflar beriş, kompaniya rahbariyati bilan yoşlarning doimiy muloqotlarini taşkil etiş singari boşqa köplab masalalarni örganib boradi.