Jamiyat | 13:17 / 26.07.2017
5387
1 daqiqa o‘qiladi

Yashnobodda tanishining boshiga bolg‘a bilan urgan shaxs sudlanadigan bo‘ldi

Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida tanishining boshiga bolg‘a bilan urgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 22 iyul kuni soat 10.00da Aviasozlar 3-dahasida yashovchi Ch.V. o‘zaro janjal oqibatida tanishi M.Ulug‘bek tumanida yashovchi A.D.ni bolg‘a bilan bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. Daliliy ashyo sifatida bolg‘a olingan. 

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro Ch.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109 m. 2 q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid