Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Globo: Braziliyada yersiz dehqonlar qishloq xo‘jaligi vazirining dala hovlisini to‘sib qo‘yishdi
Braziliya yersiz dehqonlar harakatining 500 ga yaqin a'zosi mamlakat qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va ta'minlash vaziriga tegishli fazendani egallab olishdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Gap borayotgan yer uchastkasi Matu-Grosu shtatida joylashgan. Vazirga tegishli bo‘lgan Amaggi kompaniyasi ushbu hududda soya donlari yetishtiradi. Norozilik bildirayotgan yersiz fuqarolar agrar islohotlar o‘tkazishni va mamlakat prezidenti Mishel Temerga nisbatan korrupsiya ayblovlari ilgari surilgani tufayli uning iste'fosini talab qilishmoqda.
Fazendaning egallab olinishidan hech kim jabrlanmagan. Amaggi vakillariga ko‘ra, ular egallab olingan hududni bo‘shatishni so‘rab sudga murojaat qiladi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026