Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida Özbekistondagi tijorat banklari tomonidan qisqa muddatga taqdim etila boşlangan avtokreditlar nima uçun töxtab qolganiga doir savol yangradi. Bu masala Özbekiston Markaziy banki raisi örinbosari Saidkamol Xöjayev quyidagiça javob berdi:

“Birinçidan, avtokredit degan tuşunça notöğri böladi. Sababi: banklar jalb qilingan mablağlar hisobidan kredit beradi. Aytaylik bir yillik resurs jalb qilinsa, bir yillik kredit beradi yoki 10 yillik resurs jalb qilsa, 10 yillik kredit taqdim etadi. Aytmoqçimanki, kredit berişga jalb qilingan resurslardan kelib çiqib kreditlar beriladi. Banklarda avtokreditlar beriş yopildi, degan savolga nima deyiş mumkin? Banklarimizda yil boşidan kreditlar köp ajratildi va hisob-kitoblar qilinganidan söng, ba'zi banklar uzoq muddatli kreditlar berişni qisqartirişdi. Avtokreditlar ham 3 yilga beriladigani uçun uzoq muddatli hisoblanadi. Şuning uçun ayrim banklarimiz bu yönalişdagi işlarini töxtatişgan. Lekin, mendagi ma'lumotlarga köra, avtokreditlar taqdim etişni davom ettirayotgan banklar ham bor”, - dedi Saidkamol Xöjayev.

Şu örinda sessiya moderatori Şerzodxon Qudratxöjayev bu masalaga nisbatan öz fikrini bildirib, yil boşida yirik kreditlar taqdim etilgani, har bir sohada mablağ ayab ötirilmaganini qayd etar ekan, ayni vaqtda kreditlar berilişi qisqartirilgani, ekspertlar bilan maslahatlaşuvlardan söng amalga oşirilayotganini oçiq aytiş zarur ekanini ta'kidladi. Uning aytişiça, bularning barçasi respublikada valyuta liberalizatsiyasi bilan bevosita boğliq va mazkur holat qisqa muddatlidir.